Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Iyul 2025

Davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlarini Savdo-sanoat palatasi hududiy boʻlinmalarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi

Endi davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

 

Bunda, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari hududlarda aniqlangan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun Davlat aktivlari agentligining “Davlat mulki” axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanoma yuboradi.

 

Onlayn-buyurtmanoma uch ish kuni ichida Davaktiv agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan koʻchmas mulk obyekti joyiga chiqqan holda koʻzdan kechiriladi hamda oʻrganiladi.

 

Oʻrganish natijasiga koʻra, davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar koʻchmas mulk obyektlarining onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini rad etish uchun sabablar boʻlmaganda:

 

  • davlat koʻchmas mulk obyekti elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkaziladi;
  • davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish masalasi boshqaruv organlarida koʻrib chiqilishi uchun yuboriladi.

Nizomning toʻliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. (Yuklab olish)

137 Chop etish